Telegram botlar, saytlar va AI yordamchilar yasayman

Men Muslihiddin, 2 yillik tajribali dasturchiman. Admin panel, to'lov va AI bilan ishlaydigan botlarni boshidan oxirigacha yetkazib beraman.

Mijoz

Do'konim uchun bot kerak: buyurtma, to'lov va admin panel bilan.

Muslihiddin

Tushundim. Avval talablarni aniqlaymiz, keyin birinchi versiyani ko'rsataman.
Tayyor bo'lgach ham ishlashini kuzataman.
2 yilIT tajribasi
70+AI botimdagi foydalanuvchilar
120+sticker/emoji shablonli botim

Loyihalarim

@ParadoksAiBot

Telegramdagi AI agent. Fayllar bilan ishlaydi, guruhda moderatsiya qiladi, admin va superadmin paneli bor, Telegramning yangi imkoniyatlaridan foydalanadi. Profilga ulansa, story'larni ham joylay oladi.

Pythonaiogram 3AI agent
Botni ochish

Sticker va emoji boti

120 dan ortiq shablon bilan sticker va emoji yasaydi. Rasmlardan PDF qiladi, QR yaratadi va o'qiydi. Ikkita Mini App bor: Music Vibe Lab va emoji shablonlarini oldindan ko'rish.

Mini AppQRPDF
@LaborantRobot   Music Vibe Lab   Shablonlar ko'rinishi

Fayl va repo boti

Emoji, sticker va GIF'larni zip qilib beradi, TGS kodini ochib ko'rsatadi, GitHub repolarni ma'lumotlari bilan yuklab beradi. Emoji va sticker ID'larini ham olib beradi.

TGSGitHubEmoji ID
@TheHackerRobot

ParadoksGram

Ishlab chiqilmoqda: Telegram klienti. ID'larni bosib nusxalash, ovoz o'zgartirgich, o'chirilgan va tahrirlangan xabarlar tarixi.

Jarayonda

Nimalar qila olaman

Telegram botlar

Buyurtma, to'lov, kanal va guruh boshqaruvi, admin panel, AI yordamchi.

Veb-saytlar

Tool saytlar, o'yinlar va Telegram Mini App'lar.

Android ilovalar

Telefondan boshqariladigan ilovalar, masalan VPS boshqaruv paneli.